Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026-yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Xalqparvar komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududdagi ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suv ta’minoti holati jamoatchilik nazoratida
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G‘.Safarov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi G.Rahmatova Malikobod mahallasida joylashgan ijtimoiy soha ob’yektlarida chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M.Karimova, mahallada faoliyat olib borayotgan “mahalla yettiligi” a’zolari hamda faol nuroniy O.Ravshanov bilan birgalikda yaqinlashib kelayotgan 15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tashkiliy uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova G‘oyibon mahallasi xodimlari bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini tingladi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova O‘rtaqo‘rg‘on mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Aholi bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa

📊 Aholi bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa

👥 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopova tomonidan Samarqand MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

📘Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni (№O‘RQ-642) mazmun-mohiyati tadbirkorlarga atroflicha tushuntirildi. Xususan, Qonun doirasida yaratilgan imkoniyatlar, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🗣Tadbirkorlar faoliyati aholi bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

🤝Bunday uchrashuvlar tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.