Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suv ta’minoti holati jamoatchilik nazoratida
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G‘.Safarov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi G.Rahmatova Malikobod mahallasida joylashgan ijtimoiy soha ob’yektlarida chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M.Karimova, mahallada faoliyat olib borayotgan “mahalla yettiligi” a’zolari hamda faol nuroniy O.Ravshanov bilan birgalikda yaqinlashib kelayotgan 15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tashkiliy uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova G‘oyibon mahallasi xodimlari bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini tingladi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova O‘rtaqo‘rg‘on mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Sodiqov “Oʻzbekiston” mahallasida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi ish faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Oilalar mustahkamligini kafolatlaylik” aksiyasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar raislari 41-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi.
Xalq bilan ochiq muloqot — ustuvor vazifa

 Xalq bilan ochiq muloqot — ustuvor vazifa 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati A. Erkinov Bekobod
mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida navbatdagi sayyor fuqarolar qabulini
o‘tkazdi. Unda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, ijtimoiy muammolar hamda
hudud infratuzilmasini yaxshilashga oid murojaatlar tinglandi.
 

Qabul davomida fuqarolar bandlik, kommunal xizmatlar, ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlardagi muammolari yuzasidan o‘z taklif
hamda murojaatlarini bildirdilar. Deputat har bir murojaatni atroflicha
o‘rganib chiqib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga
yuborilishini ma’lum qildi.
 

Ta’kidlanganidek,
xalq bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolar manfaatlarini himoya etish va
hududdagi mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish deputatlik faoliyatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Qabul
jarayonida murojaatchilarga huquqiy tushuntirish va amaliy maslahatlar ham
berildi.
  

Slide 1 of 1