📖Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X. Sulaymonova tomonidan Yangiobod mahallasida faoliyat yuritayotgan bank agenti ish samaradorligi va aholiga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar o‘rganildi.
✍️O‘rganish jarayonida mahalla aholisiga kredit ajratish, maqsadli ishlatilishi hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📈 Ma’lum bo‘lishicha, joriy oyda 1 nafar fuqaroga chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 15 million so‘m miqdorida kredit ajratilgan.
❇️Shu bilan birga, mahallada tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham kreditlar berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
✅ Bank agenti tomonidan aholiga qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, kredit ajratishda imkoniyatlar kengaytirilgan va amalda limitlar cheklanmagan.Bu esa fuqarolarga o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.