Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suv ta’minoti holati jamoatchilik nazoratida
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G‘.Safarov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi G.Rahmatova Malikobod mahallasida joylashgan ijtimoiy soha ob’yektlarida chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M.Karimova, mahallada faoliyat olib borayotgan “mahalla yettiligi” a’zolari hamda faol nuroniy O.Ravshanov bilan birgalikda yaqinlashib kelayotgan 15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tashkiliy uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova G‘oyibon mahallasi xodimlari bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini tingladi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova O‘rtaqo‘rg‘on mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Sodiqov “Oʻzbekiston” mahallasida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi ish faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Oilalar mustahkamligini kafolatlaylik” aksiyasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar raislari 41-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi.
Deputat va profilaktika inspektori hamkorligi – mahalla osoyishtaligi garovi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 9-Nurobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Sarimova hamda profilaktika inspektori Sh.Ergashev hamkorligida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Asosiy natijalar:
🔹PQ-1-sonli qaror ijrosi: 251, 266, 280 va 281-uylarning kirish yo‘laklariga hamda Hurriyat ko‘chasiga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.
🔹Xavfsizlik: Ko‘chalarga PTZ kameralari o‘rnatilib, Hurriyat ko‘chasi "Xavfsiz ko‘cha"ga aylantirildi.
🔹Profilaktika: Mahalladagi xonadonlardagi ijtimoiy muhit o‘rganilmoqda. Yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilyapti.

Ijobiy ko‘rsatkich: Mahallada o‘tgan yilning mos davriga nisbatan jinoyatchilik kamayishiga erishildi.