Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G‘.Safarov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi G.Rahmatova Malikobod mahallasida joylashgan ijtimoiy soha ob’yektlarida chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M.Karimova, mahallada faoliyat olib borayotgan “mahalla yettiligi” a’zolari hamda faol nuroniy O.Ravshanov bilan birgalikda yaqinlashib kelayotgan 15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tashkiliy uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova G‘oyibon mahallasi xodimlari bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini tingladi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova O‘rtaqo‘rg‘on mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Sodiqov “Oʻzbekiston” mahallasida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi ish faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Oilalar mustahkamligini kafolatlaylik” aksiyasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar raislari 41-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi.
янв.21
Ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim tizimidagi faoliyat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tashabbusli budjet mablag‘lari ijrosi yuzasidan hisobot ko‘rib chiqildi

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar doimiy komissiyasi sessiya oldi yig‘ilishida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U. Maxmanazarov 2026-yil 1-chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan hisoboti ko‘rildi.

Tashabbusli budjet jarayonlari doirasida:
🔹 Jamg‘armaga jami 12 166,8 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi;
🔹 “Ochiq budjet” portaliga 127 ta taklif kelib tushdi;
🔹 Shundan 100 ta loyiha ovoz berish bosqichiga o‘tkazildi;
🔹 22 ta loyiha g‘olib deb topildi.

G‘olib loyiha uchun jami 33 808,7 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu loyihalar an’anaviy, sherikchilik hamda deputat tanlovi asosida amalga oshirilmoqda.

Loyihalarni amalga oshirish jarayonida bajarilgan ishlarni sifatli qabul qilish hamda jarayon ochiqligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 1