Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026-yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Xalqparvar komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hududdagi ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suv ta’minoti holati jamoatchilik nazoratida
янв.21
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G‘.Safarov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi G.Rahmatova Malikobod mahallasida joylashgan ijtimoiy soha ob’yektlarida chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M.Karimova, mahallada faoliyat olib borayotgan “mahalla yettiligi” a’zolari hamda faol nuroniy O.Ravshanov bilan birgalikda yaqinlashib kelayotgan 15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tashkiliy uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova G‘oyibon mahallasi xodimlari bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini tingladi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova O‘rtaqo‘rg‘on mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Zartepa” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

“Zartepa” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat Y. Bo‘ronov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev “Zartepa” mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” ish jarayonlari, ular tomonidan olib borilayotgan hujjatlarni yuritish tartibi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati hamda mahalla boshqaruvida ochiqlik va samaradorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar tomonidan hujjat yuritish intizomi, elektron tizimlardan foydalanish holati hamda fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Donayev #Y_Boronov

Slide 1 of 4