Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oilalar mustahkamligini kafolatlaylik” aksiyasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar raislari 41-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi.
янв.21
Ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim tizimidagi faoliyat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimini o‘rgandi
янв.21
KONSURUN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI O‘RGANILDI
“MEHR VA E’TIBOR — INSON QADRINING YUKSAK IFODASI”

“MEHR VA E’TIBOR — INSON QADRINING YUKSAK IFODASI”

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna Navoiy shahridagi “Humo” mahallasida istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldi.

Tashrif davomida nuroniylar va ehtiyojmand fuqarolar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti, salomatligi hamda kundalik muammolari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ularga ma’naviy ko‘mak va zarur yordamlar ko‘rsatildi.

Uchrashuv jarayonida yoshi ulug‘ insonlarga hurmat va e’tibor ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash jamiyatimizning muhim qadriyatlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Bunday ezgu tashabbuslar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini ulug‘lash hamda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3