Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qiziltepa tumanining "Yangi Qiziltepa" gazetasining 17-sonida Kengash faoliyatiga doir ma’lumotlar e'lon qiliib borilmoqda.
янв.21
Demas mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GʻOYIBON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish – ustuvor vazifa
янв.21
Aholiga bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
Kengash_faoliyati

🏛 Bandixon tumanida "Deputat va mahalla yettiligi" hamkorligi amalda

✅Bandixon tumanida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va aholi muammolarini joyida hal etish borasida tizimli ishlar davom etmoqda.

✅Xususan, Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati Jurayev Erkinjon Normurodovichga biriktirilgan kotibiyat xodimi E.Eshonqulov tomonidan "Navro'z" mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

✅ Tadbirning asosiy maqsadi:

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosini ta’minlash;

✅Mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish;

✅Aholi murojaatlari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tizimli hal etish.

✅ Diqqat markazida — Mahalla raisi faoliyati

✅O‘rganish jarayonida mahalla raisining ish samaradorligi, "yettilik" tizimining o‘zaro muvofiqligi va mahalladagi obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi. Deputat va mahalla faollari hamkorligi "Inson qadri uchun" tamoyili asosida mahalladagi har bir xonadonga kirib borishni ko'zda tutadi.

✅Eslatib o‘tamiz: Bu kabi nazorat-tahlil tadbirlari barcha mahallalarda bosqichma-bosqich o‘tkazilib, ijro intizomi va deputatlik nazorati kuchaytirib boriladi

Slide 1 of 1