Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GʻOYIBON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish – ustuvor vazifa
янв.21
Aholiga bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
7-Toshmachit saylov okrugida chiqindilarni olib ketish holati o‘rganildi
янв.21
TOMORQA VA IJARA YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISH — DAROMAD MANBAI
янв.21
TUMAN KENGASHI DEPUTATI TOMONIDAN AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilgan yordamlar holatini o‘rgandi.
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

2026-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga kelib tushgan murojaatlarni qonunchilik talablari asosida o‘rganish hamda ularni deputatlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish yuzasidan, kotibiyat mudiri X.Berdiyarovaning bugunga belgilangan ish rejasiga muvofiq, “O‘zbekiston” mahallasida amaliy o‘rganishlar olib borildi.

Mazkur jarayonda kotibiyat mudiri hamda tuman Kengashi deputati A.Ibadullayev ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etilib, kelib tushgan murojaatlar mazmuni atroflicha tahlil qilindi. 

Xususan, ijtimoiy yordam, tibbiy xizmat hamda moddiy ko‘mak bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, murojaatlarni ijobiy hal etish hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan amaliy ishlar olib borilishi kelishildi. 

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida ularning taklif va mulohazalari tinglanib, kelgusida hududda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3