Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

RAHBARLAR HISOBOTI TINGLANDI

RAHBARLAR HISOBOTI TINGLANDI

Joriy yilning 28-aprel kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudir, deputat J.Hafizov mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda Karmana tuman markazini Yangi Navoiy shaharchasi bilan bog‘lab turuvchi yo‘lning qurilishi yuzasidan aloqador tashkilot rahbarlarining hisobotlarini tingladi.

O‘rganish davomida yo‘l qurilishi ishlari holati, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillarining axborotlari tinglandi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish va sifat ko‘rsatkichlarini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘lning foydalanishga topshirilishi hududlar o‘rtasidagi transport qatnovini yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish hamda infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6