Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimini o‘rgandi
янв.21
KONSURUN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Sodiqov tomonidan Gulzor mahallasida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Sodiqov tomonidan Alisher Navoiy mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qiziltepa tumanining "Yangi Qiziltepa" gazetasining 17-sonida Kengash faoliyatiga doir ma’lumotlar e'lon qiliib borilmoqda.
#Haftalik_dayjest

 2026-yil 20-25-aprel kunlari uchun belgilangan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalari hamda deputatlar, kotibiyat xodimlari tomonidan hafta davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash va infratuzilma loyihalarini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. 

Jumladan, deputatlar faoliyati mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Jumamuratova o‘z faoliyati, amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan intervyu berdi. 

Shuningdek, qonunlar deputatlar kesimida taqsimlanib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. O‘zLiDeP partiyasidan saylangan deputat Y.Axmedov va M.Kazakovlar tomonidan “E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar, qabul qilinayotgan qarorlar hamda deputatlik so‘rovlari doimiy nazoratga olindi. 

Hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, unda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi hisobotlari tinglandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori ijrosi doirasida tumandagi bir qator ijtimoiy obyektlarda qurilish va rekonstruksiya
ishlari ustidan deputatlik nazorati olib borildi. Xususan, Sanitariya epidimiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamda 26-sonli
maktabgacha ta’lim tashkiloti binolarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 

Bundan tashqari, hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, jumladan, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda
piyodalar yo‘laklarini barpo etish ishlari deputatlar tomonidan muntazam nazoratga olingan. 

Xalq deputatlar tuman Kengashi deputatlari M.O'razbayev, X.Rajapova, S.Muratbayeva, Y.Axmedov D.Otabayeva hamda kotibiyat xodimlari B.Allaberganov va Z.Darmonovlar "mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi. Xususan, Yangiobod, Daryo'boyi va boshqa mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi. 

Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Xalq deputatlari tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri - Amudaryo tumanidagi ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. 

Kengash raisi A.Yuldashev tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar va ochiq muloqotlar davomida aholini qiynab kelayotgan bir qator muammolar, jumladanichki yo‘llar holati, piyodalar xavfsizligi, elektr ta’minoti, bandlik, ijtimoiy yordam va kadastr masalalari ko‘tarildi. Mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. 

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat G.Rayimova saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, hududni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqdi. 

Umuman olganda, hafta davomida deputatlar tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash va infratuzilma loyihalarini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Slide 1 of 1