Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qiziltepa tumanining "Yangi Qiziltepa" gazetasining 17-sonida Kengash faoliyatiga doir ma’lumotlar e'lon qiliib borilmoqda.
янв.21
Demas mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GʻOYIBON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish – ustuvor vazifa
янв.21
Aholiga bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni (№ O‘RQ-327, 26.04.2012 yil) hamda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun (№ O‘RQ-328, 02.05.2012 yil) ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Mengliyeva hamda O‘zLiDeP partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari Sh. Jo‘rayev tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallalarda faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan suhbat o‘tkazilib, ularning kundalik faoliyati, erishayotgan natijalari hamda rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tegishli tashkilotlarga yetkazish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

 Mazkur o‘rganishlar hududlarda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5