Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qiziltepa tumanining "Yangi Qiziltepa" gazetasining 17-sonida Kengash faoliyatiga doir ma’lumotlar e'lon qiliib borilmoqda.
янв.21
Demas mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GʻOYIBON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish – ustuvor vazifa
янв.21
Aholiga bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
#96_ta_qonun 🎓 Bolalar, yoshlar va sport sohasiga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlarining bolalar huquqlari, yoshlar siyosati va sport sohasidagi huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlanmoqda.

Mazkur jarayon doirasida 1-Quruvchi saylov okrugi deputati Sadullayev Olim Sattarovichga quyidagi muhim qonunlar biriktirildi:

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (2008-yil 7-yanvar, O‘RQ-139-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni (2014-yil 2-yanvar, O‘RQ-364-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “«Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (2015-yil 4-sentabr, O‘RQ-394-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (2016-yil 14-sentabr, O‘RQ-406-son)

🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (2024-yil 14-noyabr, O‘RQ-996-son)

Mazkur qonunlarni chuqur o‘rganish orqali bolalar huquqlarini himoya qilish, voyaga yetmaganlar xavfsizligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sportni rivojlantirish hamda vasiylik va homiylik bilan bog‘liq masalalarni samarali hal etish bo‘yicha amaliy ishlar yanada kuchaytiriladi.

Ayniqsa, bugungi kunda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va sog‘lom turmush tarziga jalb qilish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, mazkur deputatga Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Qarshiyev Mamurjon Doniyor o‘g‘li mas’ul etib biriktirildi.

Bu kabi tizimli yondashuv deputatlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, bolalar va yoshlar manfaatlarini himoya qilish hamda hududda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1