“Madad” NNT va Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik
memorandumi imzolandi
Mazkur Memorandum aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish,
Kengash qarorlari va dasturlari loyihalarini birgalikda tayyorlash, Kengash
kotibiyati xodimlarining malakasini oshirib borish, aholining huquqiy ongi va
madaniyatini yuksaltirishda hamkorlikda ishlarni tashkil etish maqsadida
imzolandi.
Tomonlar aholi uchun sayyor qabullar tashkil etish, xususan
deputatlarning okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarida birgalikda
ishtirok etishga, Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun seminarlar, o‘quv
mashg‘ulotlari, boshqa tadbirlar tashkil etish, Kengash va uning doimiy
komissiyalarining nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishiga
ko‘maklashish, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish hamda
axborot-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda o'zaro hamkorlik qilishga kelishib
oldilar.