Maktabgacha ta’lim – doimiy e’tibor va nazoratda
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 8-Amirobod saylov okrugidan saylangan deputat Mamatova Lola Yuldoshevna hududdagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida deputat muassasaning moddiy-texnik bazasi, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, oshxona faoliyati hamda tarbiyachilar va pedagog xodimlarning mehnat sharoitlarini o‘rgandi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi amaliy tashriflar nafaqat mavjud kamchiliklarni aniqlash, balki ularni bartaraf etish, ta’lim sifatini oshirish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.