DEPUTATLAR MAHALLALARDA: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR KO‘RIGI
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi muammolarini o‘rganish va "mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
✅Tasdiqlangan grafik asosida 5-“Polvontosh” saylov okrugidan saylangan deputat O.Jumayev hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov mazkur mahallada bo‘lib, o‘rganish ishlarini olib bordilar.
✅O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅ "Mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligi va samaradorligi;
✅ Aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalarning joyida hal etilishi;
✅ Hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma holati.
✅"Maqsadimiz — xalq ichiga kirib, har bir xonadon muammosini tinglash va ularga amaliy yechim topish orqali xalqning davlatdan roziligiga erishishdir," — deydi deputat O.Jumayev.
✅Ishlar tizimli ravishda barcha okruglarda davom etmoqda.
Xalq dardi — deputat e’tiborida!