Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qiziltepa tumanining "Yangi Qiziltepa" gazetasining 17-sonida Kengash faoliyatiga doir ma’lumotlar e'lon qiliib borilmoqda.
янв.21
Demas mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GʻOYIBON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish – ustuvor vazifa
янв.21
Aholiga bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH DASTURI IJROSI — NATIJADORLIK VA SAMARALI NAZORAT

 KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH DASTURI IJROSI — NATIJADORLIK VA SAMARALI NAZORAT 

🔹 Farg‘ona tuman Kengashining “2026-yilda
Farg‘ona tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi
to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat tadbiri
o‘tkazildi. Tadbirda tuman Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Raximov va
O.Dadajonovalar tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ullari
ishtirok etdi.
 

🔹 O‘rganish jarayonida qarorida
belgilangan ustuvor yo‘nalishlar — “Bozor xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati”
hamda “Yangi xizmat ko‘rsatish va servis loyihalarni ishga tushirish” bo‘yicha
amalga oshirilayotgan ishlar chuqur tahlil qilindi. Sohadagi mavjud holat,
amaliy natijalar va rejalar ijrosi muhokama etildi.
 

🔹 Tahlil natijalariga ko‘ra, joriy
yilning birinchi choragi davomida rejalashtirilgan 35 ta yangi xizmat
ko‘rsatish va servis loyihasi belgilangan tartibda to‘liq ishga tushirilgani
qayd etildi.
 

🔹 Shuningdek, kelgusida xizmatlar
sohasini yanada kengaytirish, iqtisodiy faollikni oshirish, belgilangan
ko‘rsatkichlarga barqaror erishish hamda yangi loyihalarni sifatli va o‘z
vaqtida amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
  

Slide 1 of 3