Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimini o‘rgandi
янв.21
KONSURUN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Sodiqov tomonidan Gulzor mahallasida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Sodiqov tomonidan Alisher Navoiy mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qiziltepa tumanining "Yangi Qiziltepa" gazetasining 17-sonida Kengash faoliyatiga doir ma’lumotlar e'lon qiliib borilmoqda.
Aholini kambag’allikdan chiqarish ishlari deputat tomonidan o’rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 21- dekabrdagi PF-209-son Farmoni bilan belgilangan hokim yordamchisining, mahalladagi kambag’al oilalarni va ularning daromadini oshirish chora-tadbirida belgilangan vazifalar o’rganildi.
O’zbekiston 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva Azizon mahallasida aholini kambag’llikdan chiqarish ishlari, kambag’al oilalarni aniqlash, ularning muammolarini hal qilish, daromad manbalarini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlarini o’rgandi. Olib borilayotgan ishlardagi kamchiliklar aniqlangan, ularni bartaraf etish bo’yicha aniq vazifalar berilgan. Ishlar nazorat ostida davom etar ekan.Cocoon AI Summary

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahallada kambag’allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash maqsadida Azizon mahalla hokim yordamchisi N.Naimovning faoliyati  14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tomonidan atroflicha o’rganildi.

O’rganish jarayonida mahalladagi kambag’al oilalarni aniqlash, har bir oila bilan manzilli ishlash, muammolarini tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, aholini bandlikka jalb etish, yangi ish o’rinlari yaratish, kasb-hunarga o’qitish va qayta tayyorlash orqali ularning barqaror daromad manbalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’rib chiqildi.

Hokim yordamchisi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, oilaviy biznesni qo’llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar, subsidiya va grantlar ajratish orqali aholi daromadini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, uy sharoitida mehnat qilish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ustuvor yo’nalish sifatida ko’rib chiqildi.

Shu bilan birga, yoshlarni kasb-hunarga o’qitish, zamonaviy talablarga mos malaka berish, ularni ish bilan ta’minlash, startap loyihalarini qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi. Aholi bilan muloqotlar davomida ularning taklif va muammolari tinglanib, har bir holat yuzasidan aniq yechimlar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

O’rganish davomida ayrim kamchiliklar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish, manzilli ishlash samaradorligini oshirish, ajratilgan mablag’lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish bo’yicha tizimli ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Aholini kambag’allikdan chiqarish, ularning turmush darajasini yaxshilash va farovon hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan mazkur ishlar doimiy ravishda deputat nazoratida bo’lib, bu boradagi sa’y-harakatlar izchil davom ettiriladi.
 

Slide 1 of 1