Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari eshitildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining haftalik ish rejasi (6-10-aprel)
янв.21
Hafta dayjesti
янв.21
HAFTA TAFSILOTLARI: DEPUTATLAR XALQ XIZMATIDA!
янв.21
Deputat o‘rganish olib bordi.
янв.21
HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyat Ichki ishlar organlarida bir qator manaviy-ma’rifiy hamda harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda
янв.21
O‘rganish olib borildi.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 9-Sa’diy saylov okrugi deputati M. Jalolovning yoshlar bilan ularning hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir ochiq muloqot tashkil etildi

#Andijon_shahar #deputat_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi #M_Jalolov #ochiq_muloqot

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 9-Sa’diy saylov okrugi deputati M. Jalolovning yoshlar bilan ularning hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir ochiq muloqot tashkil etildi 🔥

Andijon shahar 5-son texnikumida “Rahbar va yoshlar” mavzusida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv “Qo‘shariq” MFY faollari bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda texnikumning faol va tashabbuskor yoshlari, rahbar-pedagoglar, mahalla xodimlari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida deputat M. Jalolov tomonidan bugungi kunda yurtimizda, ayniqsa yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi hamda o‘z g‘oyalarini amalga oshirishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tashabbusli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, startaplarni rivojlantirish va yoshlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi 💡

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan davra suhbatida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bemalol yo‘llashdi. Ularning ta’lim, ish bilan ta’minlash, kreditlar, grantlar, xorijda o‘qish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashga oid savollariga mas’ullar tomonidan aniq, tushunarli va to‘liq javoblar berildi. Bu esa yoshlarning faolligini yanada oshirib, kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamladi 🚀

Bunday uchrashuvlar yoshlar va rahbarlar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida hal etish hamda yangi tashabbus va g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.

Yoshlarimizning har bir tashabbusi e’tiborda! Ularning orzu-intilishlari ro‘yobga chiqishi yo‘lida barcha imkoniyatlar safarbar etiladi.

Slide 1 of 6