XALQ DEPUTATLARI KOSONSOY TUMANI KENGASHI
🖍 HAFTALIK ISH REJASI
(6-aprel – 10-aprel)
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi tomonidan 6-apreldan 10-aprelga qadar hududlarda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
🗓 6-aprel — Dushanba
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladi.
👤 Mas’ullar: Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, kotibiyat mudiri D. Valiyeva hamda bosh mutaxassis H. Sharipov
🗓 7-aprel — Seshanba
🏛 Tuman hokimi, 14-Yangi shahar saylov okrugi deputati D. Kadirov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
👤 Mas’ullar: tuman hokimi D. Kadirov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri D. Valiyeva
🗓 8-aprel — Chorshanba
📝 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O. Qoriyev tomonidan bozorlardagi narx-navolarni o‘rganish bo‘yicha nazorat-tahlil ishlari o‘tkaziladi.
👤 Mas’ullar: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri D. Valiyeva hamda bosh mutaxassis H. Sharipov
🗓 9-aprel — Payshanba
📝 Payshanba — deputatlar kuni munosabati bilan yig‘ilish o‘tkaziladi. Unda deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holati ko‘rib chiqiladi, tahlil ishlari amalga oshiriladi hamda ijrosi yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
👤 Mas’ullar: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri D. Valiyeva, bosh mutaxassislar D. Dadaboyev va H. Sharipov
🗓 10-aprel — Juma
📝 “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilishi yuzasidan qat’iy nazorat davom ettiriladi.
Bunda:
- hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mas’ul rahbarlarning faoliyati o‘rganiladi.
👤 Mas’ullar: Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, doimiy komissiya raislari
📊 Kelgusi ish kunigacha deputatlar tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuboriladi, ularning natijalari tahlil qilinadi hamda kelgusi haftaning ish rejasi shakllantiriladi.
⚖️ Eslatma: Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati xodimlari — D. Valiyeva, D. Dadaboyev hamda H. Sharipov tomonidan nazoratga olinadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Rasmiy sayt (https://kengash.gov.uz/kosonsoy) | Telegram (https://t.me/kosonsoykengash) | Facebook (https://www.facebook.com/kosonsoy.tumani.kengashi.kotibiyati/)