Seminarda Farg‘ona viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Jalilov Bahromjon Odiljonovich ishtirok etdi.
Seminar davomida sun’iy intellektning bugungi kundagi ahamiyati, davlat boshqaruvi hamda turli sohalarda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.
Mazkur seminar ishtirokchilarning zamonaviy raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushunchalarini kengaytirishga xizmat qiladi.