Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tajriba almashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi murojaatlari eshitildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining haftalik ish rejasi (6-10-aprel)
янв.21
Hafta dayjesti
янв.21
HAFTA TAFSILOTLARI: DEPUTATLAR XALQ XIZMATIDA!
янв.21
Deputat o‘rganish olib bordi.
янв.21
HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyat Ichki ishlar organlarida bir qator manaviy-ma’rifiy hamda harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda
DEPUTAT MAHALLADA

 DEPUTAT MAHALLADA 

  📌Bugun tuman Kengashi deputati R.Urakov ish rejaga muofiq Yuqori Xonobod MFY hududida aholi bilan muhim masalalar yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.   

Uchrashuv davomida, avvalo, aholi tomonidan tomorqalardan unumli va samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tomorqalarni suv bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutuvchi oqava suv tizimini yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. 

  Shu bilan birga, yig‘ilishda jamiyatda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish, ayniqsa to‘y va marosimlarni me’yor doirasida, ixcham va tejamkorlik asosida o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi. Deputat bu borada aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.   

 Uchrashuv yakunida bildirilgan fikr va takliflar asosida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.  

Slide 1 of 2