Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, “Nurli kelajak” mahallasi 20-Seytmuratov saylov okrugidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tumanda olib borilayotgan kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
🚧 Ma’lumki, bugungi kunda tumanda kanalizatsiya infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlangan. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 486-sonli qaroriga asosan amalga oshirilib, “Jahon banki”ning 78 mln dollar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilmoqda.
📊 Loyiha doirasida:
▪️ 77,5 km kanalizatsiya tarmoqlari quriladi
▪️ 6 ta nasos stansiyasi barpo etiladi
▪️ Zamonaviy infratuzilma yaratiladi
📈 Loyiha to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng:
▪️ aholining kanalizatsiya bilan ta’minlanish darajasi 13% dan 42% ga oshadi
▪️ oqova suvlar qayta ishlanib, texnik va xo‘jalik maqsadlarida foydalanish imkoni yaratiladi
▪️ qayta ishlangan suvni tomorqa yerlarga yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
🌱 Bu kabi ishlar hudud obodonchiligi, ekologik barqarorlik va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.