Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori o‘rinbosari J.Rizoyev bilan birgalikda aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda, fuqarolar xonadoniga borib o‘rgandilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 1-Malikobod saylov okrugida joylashgan Furqat mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi mavjud fuqarolarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 14-Tavois saylov okrugida joylashgan Tavois mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tuman Kengashi deputati F.G‘oziyeva tomonidan o‘rganildi.
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
CHO‘L BAGʻRIGA CHIGIT QADALDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMARALI UCHRASHUV
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
янв.21
Qiziltepa tumanida mahalla binosi ta’mirlanadi.
янв.21
Open Budjet 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
BAXMAL TUMANIDAGI "NURCHAMAN" KO‘CHASI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI

BAXMAL TUMANIDAGI "NURCHAMAN" KO‘CHASI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI

Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati tomonidan Sangzor va Nushkent MFYlarini bog‘lovchi yo‘lni ta’mirlash masalasida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Baxmal tumani aholisidan kelib tushgan murojaatlarga asosan, Sangzor va Nushkent mahalla fuqarolar yig‘inlarini tutashtiruvchi, kanal bo‘ylab o‘tgan 1 km 800 metr masofadagi Nurchaman ko‘chasi bugungi kunda ayanchli holatga kelib qolgan.

Mazkur yo‘lning holati necha yillardan buyon aholi uchun jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, kuz-qish mavsumida yo‘l mutlaqo loygarchilikka aylanib, maktab o‘quvchilari, keksalar va transport vositalari harakati uchun xavfli holatni yuzaga keltirmoqda. Yoz oylarida esa doimiy chang-to‘zon hududdagi xonadonlarning sanitariya holatiga hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida, xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati M.Baratova tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga rasmiy deputatlik so‘rovi chiqarildi.

So‘rovda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:

  • Nurchaman ko‘chasini ta’mirlash ishlarini joriy yilgi manzilli dasturga kiritish;
  • Agar dasturga kiritilmagan bo‘lsa, zudlik bilan yo‘lga shag‘al yotqizish yoki asfaltlash ishlarini rejalashtirish;
  • Mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan ko‘riladigan choralar haqida qonunda belgilangan muddatda ma’lumot berish.

Mazkur ko‘chada amaliy ishlar boshlanmaguncha va aholi muammosi hal etilmaguncha vaziyat deputat tomonidan qat’iy NAZORATGA OLINDI.