Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
CHO‘L BAGʻRIGA CHIGIT QADALDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMARALI UCHRASHUV
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
янв.21
Qiziltepa tumanida mahalla binosi ta’mirlanadi.
янв.21
Open Budjet 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 12-Xusbiddin saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Niyozova Lobar Safarovna saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan
янв.21
Aholiga berilayotgan bepul dori vositalari o‘rganildi.
#deputatlik_faoliyati #jamoatchiilik_nazorati #Deputat_hududlarda

#deputatlik_faoliyati #jamoatchiilik_nazorati #Deputat_hududlarda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi hudud deputati hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Yusupov birgalikda Andijon shahar Yaxshi MFY hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan yaqindan tanishdilar. 🏡✨

Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash 🚧, ichki yo‘llarni ta’mirlash 🛣, yoritish tizimini modernizatsiya qilish 💡 hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududdagi muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. 📋

Muloqot jarayonida mahalla fuqarolari bilan suhbat o‘tkazilib 🤝, ularning taklif va murojaatlari tinglandi 🗣. Bildirilgan fikrlar asosida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirilib, hududni yanada obod va yashash uchun qulay maskanga aylantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 🌿🏘

Yakunda mas’ullar tomonidan mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilishi 🔄, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar yanada kengaytirilishi ta’kidlandi. 📈

Slide 1 of 7