Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
янв.21
Qiziltepa tumanida mahalla binosi ta’mirlanadi.
янв.21
Open Budjet 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 12-Xusbiddin saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Niyozova Lobar Safarovna saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan
янв.21
Aholiga berilayotgan bepul dori vositalari o‘rganildi.
янв.21
Maktabdagi sharoitlar deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi.
янв.21
Madaniyat mahallasida xotin-qizlar faollari faoliyati o‘rganildi
янв.21
YOSHLARNING MUAMMOLARI HAL QILINDI
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashiga 14-“Nukus” saylov okrugidan saylangan deputat N. Muminov deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganish olib borish maqsadida 5-son umumta’lim maktabi kutubxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputat kutubxona faoliyati, mavjud sharoitlar hamda o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishi darajasini atroflicha o‘rgandi. Shuningdek, kutubxonadagi kitob fondini boyitish, ayniqsa zamonaviy va yoshlar qiziqishiga mos adabiyotlar sonini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Deputat tomonidan o‘quvchilarni kutubxonaga keng jalb qilish maqsadida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari, uchrashuvlar hamda targ‘ibot va tashviqot ishlarini yanada jonlantirish yuzasidan takliflar bildirildi. Mazkur yo‘nalishda maktab jamoasi bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

 Kitob – ma’naviyat manbai. Uni yoshlar qalbiga singdirish barchamizning ustuvor vazifamizdir.

Slide 1 of 2