Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
CHO‘L BAGʻRIGA CHIGIT QADALDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMARALI UCHRASHUV
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
янв.21
Qiziltepa tumanida mahalla binosi ta’mirlanadi.
янв.21
Open Budjet 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 12-Xusbiddin saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Niyozova Lobar Safarovna saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan
янв.21
Aholiga berilayotgan bepul dori vositalari o‘rganildi.
Deputatlik so‘rovi ijobiy echim topdi

Aholi manfaatlarini himoya qilish, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish — xalq vakillarining eng muhim vazifalaridan biridir. 

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Sadoqat Nurmamatova tomonidan hududdagi 22- son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuzaga kelgan muammo yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur bog‘chada ichimlik suvi tarmog‘i uch yildan buyon nosoz holatda bo‘lib, ta’lim muassasasida suv ta’minotining uzilib qolishiga sabab bo‘lgan. Bu esa ta`lim tashkilotida jiddiy muammoga aylangan edi.

Deputat tomonidan vaziyat o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Natijada muammo qisqa muddatda o‘z yechimini topdi — ichimlik suvi tarmog‘i to‘liq qayta tiklanib, muassasa toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Slide 1 of 2