Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
CHO‘L BAGʻRIGA CHIGIT QADALDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMARALI UCHRASHUV
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
янв.21
Qiziltepa tumanida mahalla binosi ta’mirlanadi.
янв.21
Open Budjet 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 12-Xusbiddin saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Niyozova Lobar Safarovna saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan
янв.21
Aholiga berilayotgan bepul dori vositalari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 22-sessiyasi

Bugun xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, shuningdek, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va yoshlar siyosatiga oid jami 6 ta muhim masala ko‘rib chiqildi. Xususan, kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

Moliya va iqtisodiyot: Tumanning 2026-yilgi mahalliy byudjeti erkin qoldiq mablag‘lari hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan tegishli sohalarni rivojlantirish uchun mablag‘lar ajratish masalasi ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

Qishloq xo‘jaligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-172-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yoshlar siyosati: Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash va qarorlar ishlab chiqish jarayoniga jalb etish maqsadida tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Guruh tarkibi Yoshlar ishlari agentligi va siyosiy partiyalar tavsiyasiga ko‘ra, eng faol, tashabbuskor yoshlar yetakchilari hamda talaba-o‘quvchilar bilan yangilandi.

Tashkiliy masala: 4-sonli "Keneges" saylov okrugidan saylangan deputat K.Aytbayevning boshqa ishga (ijro hokimiyati organiga) tayinlanganligi hamda Toshkent shahriga ko‘chib ketganligi munosabati bilan, uning o‘z arizasiga binoan deputatlik vakolati muddatidan oldin ixtiyoriy ravishda tugatildi.

Sessiya kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining tegishli qarorlari bir ovozdan qabul qilindi.

Shuning bilan xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 22-sessiyasi o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 5