Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
CHO‘L BAGʻRIGA CHIGIT QADALDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMARALI UCHRASHUV
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
янв.21
Qiziltepa tumanida mahalla binosi ta’mirlanadi.
янв.21
Open Budjet 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 12-Xusbiddin saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Niyozova Lobar Safarovna saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan
янв.21
Aholiga berilayotgan bepul dori vositalari o‘rganildi.
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 22-Shampan saylov okrugidan saylangan deputat Abdullayev Abdulatif Abdumavlon o‘g`li tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Shampan” mahalla fuqarolari yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil davomida saylov okrugi tarkibiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Shuningdek, hududda mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tegishli kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etib, o‘z vakolatlari doirasida aholining savollariga javob qaytardilar. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 6