❇️ Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati B. Toshpulatov tomonidan «Qaliya» MFY “yettiligi” aʼzolari, tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda ushbu hududida yashovchi aholi bilan mavjud masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
❇️ Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan, kadastr hujjatlariga oid, tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiya hamda sog‘ligini tiklash kabi masalalar bo‘yicha murojaat va takliflar bildirildi.
❇️ Fuqarolarga, muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib hamda ularni hal etilishi bo‘yicha masʼul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganildi va ijrosi yuzasidan deputat tomonidan nazoratga olindi.