Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining “9–Nurafshon” saylov okrugi deputati M. Toshmurodov tomonidan Nurafshon mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

🏛 Uchrashuvda tuman tashkilotlari rahbarlari, jumladan, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari R.Anorboyev, Mahalla uyushmasi tuman Kengashi raisi M.Movlanov hamda mahalla aholisi ishtirokida hududda mavjud masalalar yuzasidan aholi bilan bevosita suhbat olib borildi.

📝 Muloqot ochiq savol-javob tarzida o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv davomida mahalladagi dolzarb masalalar, xususan, ijtimoiy reyestr bilan bog‘liq muammolar, yoshlarning kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishda ko‘maklashish, mahalla obodonchiligi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda hasharlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek,:

✅ Nurafshon mahallasiga suyultirilgan gaz yetkazib berish 5–10 kun kechikayotgani aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani bildirildi.

✅ Ichki yo‘llarni shag‘allashtirish masalasi ko‘tarildi.

✅ Mahalla ko‘chalariga o‘rnatilgan elektr ustunlariga sim tortish va ulash ishlari yakuniga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.

🔼 Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar amaldagi qonunchilik doirasida ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi. Mazkur uchrashuv fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, mahalladagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularni tizimli ravishda hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

Slide 1 of 1