Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. Unda hududda tashkil etilayotgan yangi internet tarmog‘ini taqsimlash va ulash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan nazorat olib borilib, mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.