Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tibbiyot muassasasidagi sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati saylovchilari bilan uchrashdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Qonunchilik palatasi deputatlari Qiziltepa tumanida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida.
янв.21
DEPUTAT AHOLI XONADONLARIDA.
янв.21
Qiziltepa tuman Kengashi deputati M.Muqimova tomonidan 15-umumta'lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
Yo‘l masalasi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputat va mahalla hamkorligi yuzasidan uchrashuv

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Taroqli” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida qarorda belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilinib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli ravishda o‘rganish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, bandlikni ta’minlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar bilan ochiq va shaffof muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, murojaatlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Uchrashuv yakunida hududda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar, ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, shuningdek, infratuzilma obyektlarini bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Deputat va mahalla faollari o‘rtasidagi samarali hamkorlik hududni barqaror rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 5