Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tibbiyot muassasasidagi sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati saylovchilari bilan uchrashdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Qonunchilik palatasi deputatlari Qiziltepa tumanida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida.
янв.21
DEPUTAT AHOLI XONADONLARIDA.
янв.21
Qiziltepa tuman Kengashi deputati M.Muqimova tomonidan 15-umumta'lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
Yo‘l masalasi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.
Ochiqlikni taʼminlashda faol bo‘lgan Romitan tumani mahalliy Kengashi alohida eʼtirof etilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan PF-6247-son Farmoniga (https://lex.uz/docs/-5459107) asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalarining 2025-yil davomida telekanallar hamda Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilish holati tahlil qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, bir qator mahalliy kengashlar tomonidan bu borada namunali amaliyot yo‘lga qo‘yilib, o‘tgan yilda o‘tkazilgan sessiyalarning barchasi to‘liq internet tarmog‘i orqali jonli efirda uzatilishi taʼminlangan.

Sessiyalarni jonli efirga uzatishda nafaqat son ko‘rsatkichlariga, balki amaldagi qonunchilik talablari asosida jamoatchilik uchun qulay va ochiq shaklda translyatsiya qilinishiga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Shunga muvofiq, xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini jamoatchilikka ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qatʼiy amal qilgan holda yetkazilishini taʼminlab kelayotgani uchun Buxoro viloyatining Romitan tumani kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Slide 1 of 1