Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Qonunchilik palatasi deputatlari Qiziltepa tumanida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT AHOLI XONADONLARIDA.
янв.21
Qiziltepa tuman Kengashi deputati M.Muqimova tomonidan 15-umumta'lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
Yo‘l masalasi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tegishli mas’ullar bilan birgalikda M-37 xalqaro yo‘li bo‘yidagi 5 gektar maydonda tashkil etilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Muqimova rahbarligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
Navoiy shahridagi “Bunyodkor” mahallasida hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi

Navoiy shahridagi “Bunyodkor” mahallasida hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi

Joriy yilning 26-fevral kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Jo‘rabek Hafizov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toyirov "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilarining olib borayotgan ishlari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Hokim yordamchilari tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarni joyida hal etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mas’ullar mahallada tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, imtiyozli kreditlar ajratish orqali oilalar daromadini oshirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan tizimli ishlash zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini inobatga olib, mas’ullardan yanada faollik va tashabbuskorlik talab etilishi qayd etildi.

Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, kichik biznes subyektlari faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Aholi bilan muloqot jarayonida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida mahallalarda hokim yordamchilari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 5