Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AHOLI XONADONLARIDA.
янв.21
Qiziltepa tuman Kengashi deputati M.Muqimova tomonidan 15-umumta'lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
Yo‘l masalasi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tegishli mas’ullar bilan birgalikda M-37 xalqaro yo‘li bo‘yidagi 5 gektar maydonda tashkil etilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Muqimova rahbarligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
янв.21
RAMAZON — MEHR-MURAVVAT, AHILLIK VA SHUKRONALIK OYI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
янв.21
Tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova, viloyat Kengashi deputati G.O'roqova hamda tuman Adliya bo'limi hamkorligida  Humo mahallasida joylashgan 27-conli maktabda "Ogoh bo'ling firibgar" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati T.Lutfulloyev hamda tuman Adliya bo'limi hamkorligida  Humo mahallasida joylashgan 29-conli maktabda "Ogoh bo'ling firibgar" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
“Deputatlar hamkorligi - hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlari yo‘lida”

Jizzax viloyat Kengashiga 26-Dashtabod saylov okrugidan saylangan deputat O.Mamatqulov mazkur hududdan saylangan tuman
Kengashi deputatlari bilan kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
 

UchrashuvavvalidaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi saylovi bo‘yicha Jizzax viloyati, shahar va tumanlar mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisida ko‘tarilgan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil axborot berildi. Majlisida yuqori darajada ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, ularni joylarda samarali amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi. 

Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish; 

aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish; 

yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash; 

kommunal xizmatlar va infratuzilma sifatini yaxshilash; 

tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash; 

Deputatlar tomonidan mazkur topshiriqlarni har bir mahalla kesimida muhokama qilish, aholiga tushuntirish
ishlarini olib borish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratiga olish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, tuman Kengashi sessiyalarida ushbu masalalarni alohida kun tartibiga kiritish bo‘yicha takliflar bildirildi.
 

Shuningdek, uchrashuvning muhim qismi tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va investitsiya loyihalarining bugungi holatini tahlil qilishga bag‘ishlandi. 

Quyidagi masalalar batafsil ko‘rib chiqildi. Hududiy investitsiya dasturi doirasida 2026-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qurilish va infratuzilma loyihalari (ichimlik
suvi, elektr ta’minoti, ichki yo‘llar), ijtimoiy soha obyektlari maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari holati.
 

Viloyat Kengashi deputati tomonidan har bir loyiha yuzasidan belgilangan aniq muddat va mas’ullar, tegishli tashkilotlar hisobotini muntazam eshitib borish, zarur xollarda deputatlik so‘rovlari yuborish taklif etildi. 

Uchrashuv davomida deputatlarning saylovchilar bilan ishlash tizimi alohida muhokama qilindi. Deputatning asosiy vazifalaridan biri saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, ularning muammo va takliflarini tegishli organlarga yetkazish va ijrosini nazorat
qilishdir.
 

Shu ko‘ra, har oyda kamida bir marotaba hududda sayyor qabul o‘tkazish, har bir mahallada uchrashuvlar tashkil etish, kelib tushayotgan murojaatlarni elektron va yozma ravishda ro‘yxatga olish, tizimli muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 

Ta’kidlandiki, murojaatlarni tahlil qilish orqali hududdagi dolzarb muammolar ichimlik suvi, bandlik, ijtimoiy yordam, yer ajratish, kredit masalalari kabi yo‘nalishlarda tizimli choralar ko‘rish mumkin. 

Shuningdek, viloyat va tuman Kengashlari o‘rtasida axborot almashuvini tizimli yo‘lga qo‘yilishi shartligi, muammoli masalalarni viloyat darajasida ko‘tarish hamda ularning yechimini tezlashtirish mexanizmlarini joriy etish zarurligi qayd etildi. 

Uchrashuv yakunida deputatlar hududni har tomonlama rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish va
saylovchilar ishonchini oqlash yo‘lida yanada faol va hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar. Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi, har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘zaro axborot
almashish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
 

Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatini muvofiqlashtirish, yuqori darajada belgilangan vazifalarni joylarda sifatli amalga oshirish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.  

Slide 1 of 6