Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AHOLI XONADONLARIDA.
янв.21
Qiziltepa tuman Kengashi deputati M.Muqimova tomonidan 15-umumta'lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
Yo‘l masalasi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tegishli mas’ullar bilan birgalikda M-37 xalqaro yo‘li bo‘yidagi 5 gektar maydonda tashkil etilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Muqimova rahbarligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
янв.21
RAMAZON — MEHR-MURAVVAT, AHILLIK VA SHUKRONALIK OYI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
янв.21
Tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova, viloyat Kengashi deputati G.O'roqova hamda tuman Adliya bo'limi hamkorligida  Humo mahallasida joylashgan 27-conli maktabda "Ogoh bo'ling firibgar" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati T.Lutfulloyev hamda tuman Adliya bo'limi hamkorligida  Humo mahallasida joylashgan 29-conli maktabda "Ogoh bo'ling firibgar" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Chilonzor tumanida deputat axboroti eshitildi

 Chilonzor tumanid 17-“Bek-to‘pi” okrugi saylovchilari ishtirokida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovichning 2025- yil 4-chorak faoliyati yuzasidan axborot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga “Bek-to‘pi” va
“Al-Xorazmiy” mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahalla faollari hamda fuqarolari qatnashdi.
Majlisni “Bek-to‘pi” MFY raisi ochib, davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, aholi farovonligini oshirish va mahallalarni rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Deputat A.A. Xusainov o‘z hisobotida 2025-yilning 4-choragida Chilonzor tuman Kengashining 4 ta sessiyasi o‘tkazilib, 30 dan ortiq muhim masalalar ko‘rib chiqilganini ta’kidladi. 

Jumladan:

— “VEOLIA Energy Tashkent” MChJning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi;


— “Chilonzor tumangaz” xizmati faoliyati;


— tuman bandlik bo‘limi, xotin-qizlar bo‘limi va Yoshlar agentligi hisobotlari;


— mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga infratuzilmani yaxshilash va obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi.
 

2025 yildan boshlab Xalq deputatlari tuman Kengashiga hokim emas, balki deputatlar orasidan saylangan Kengash raisi raislik qilayotgani qayd etildi. Bu amaliyot avval Toshkent shahar va viloyat Kengashlarida joriy etilgan bo‘lib, endilikda tuman bosqichida ham tadbiq etilmoqda.  

2025-yil 16-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda so‘nggi 9 yilda Toshkent shahri iqtisodiyotiga 20 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb etilgani ma’lum qilindi. 

Shu davrda:

— jon boshiga investitsiya 71 dollardan 2,2 ming dollarga;


— aholi jon boshiga daromad 4,4 ming dollardan 8,6 ming dollarga;


— kambag‘allik 7,3 foizdan 1 foizga;


— ishsizlik 4,5 foizdan 3,5 foizga tushgani qayd etildi.
 

Transport sohasida 1000 ta elektrobus va avtobus olib kelinib, 168 ta yangi yo‘nalish ochildi, 33 km metro liniyasi va 21 ta yangi stansiya qurildi. 

 Mahallada amaliy natijalar 

“Al-Xorazmiy” MFY raisi Sh.Z. Arolov deputat faoliyatiga yuqori baho berib, mahalladagi 11-ko‘p qavatli uyda 8 oy ishlamay turgan lift qisqa muddatda qayta ishga tushirilganini alohida ta’kidladi. Bu keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolali oilalar
uchun katta yengillik yaratdi. Liftning qayta ishga tushirilishi munosabati bilan bir guruh fuqarolar deputatga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi R.A. Matchanov
mahallada profilaktika ishlari kuchaytirilganini bildirdi.
 

Mahalla faollari amalga oshirilayotgan ishlarga ijobiy baho berdi. Aholining ta’kidlashicha, obodonlashtirish ishlari natijasida ko‘chalarda tozalik va tartib sezilarli darajada yaxshilangan.  

Yig‘ilish davomida bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar inobatga olinib, kelgusida ham mahallalarni rivojlantirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.  

   

Slide 1 of 6