Ushbu sayyor qabulda shahar IIB boshligʻi Sardor Latipov, Oliy Majlis Senati a'zosi, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Aksaule Tumisheva va xalq deputatlari shahar kengashi deputati Gulshanda Bobomurodova ishtirok etishdi. Qabul davomida fuqarolarning bandligi ta'minlash, tadbirkorlikka koʻmak berish, davolanish va boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglanib ushbu murojaatlarni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.