Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
янв.21
Tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova, viloyat Kengashi deputati G.O'roqova hamda tuman Adliya bo'limi hamkorligida  Humo mahallasida joylashgan 27-conli maktabda "Ogoh bo'ling firibgar" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati T.Lutfulloyev hamda tuman Adliya bo'limi hamkorligida  Humo mahallasida joylashgan 29-conli maktabda "Ogoh bo'ling firibgar" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tumani hokimi Bekzod Bobomurodov tumandagi nogironligi bor fuqarolar istiqomat qilayotgan bir qator xonadonlarda bo‘lib, oilalarning yashash sharoitlari, ularga berilayotgan ijtimoiy yordamlar bilan tanishdi. Oilalar bilan suhbatlashib, ularning muammolarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya
янв.21
Ayni paytda hokimlik binosida Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda.
янв.21
GIYOHVANDLIKKA QARSHI TARGʻIBOT TADBIRI
янв.21
DEPUTAT AHOLI XONADONLARDA.
Mahalla yettiligi faoliyati va hudud obodligi deputat nazarida

Dastlab, deputat mahallada “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Muloqot davomida “Mahalla yettiligi” o‘zaro hamkorligi, aholi muammolarini hal etishdagi samaradorligi hamda “ijtimoiy daftarlar” bilan ishlash holati tahlil qilindi. I.Tangirov har bir mas’ul xodim o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholi bilan manzilli ishlashi lozimligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida mahalladagi obodonchilik ishlari hamda ko‘p qavatli uy-joylar atrofining holati ko‘zdan kechirildi. Deputat uylar atrofidagi ozodalik, sug‘orish tizimlari, tungi yoritish chiroqlari va bolalar maydonchalarining talab darajasida ekanligiga e’tibor qaratdi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylar atrofini yanada obod qilish yuzasidan mahalla faollari va mas’ul boshqaruv servis kompaniyalari vakillariga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur masalalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 9