Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Qonunchilik palatasi deputatlari Qiziltepa tumanida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT AHOLI XONADONLARIDA.
янв.21
Qiziltepa tuman Kengashi deputati M.Muqimova tomonidan 15-umumta'lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
Yo‘l masalasi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tegishli mas’ullar bilan birgalikda M-37 xalqaro yo‘li bo‘yidagi 5 gektar maydonda tashkil etilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Muqimova rahbarligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi

Unga ko'ra Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalari bo'yicha doimiy komissiyalarining qo'shma majlis yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda quyidagi masalalar dastlabki tarzda ko'rib chiqildi :

- Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashiga 4-Chamanzor saylov okrugidan bo‘shab qolgan o‘ringa deputatlik saylovining yakunlari to‘g‘risida. 

- Tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish.

- 2026-yilda Paxtakor tumani bo‘yicha “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qaror ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.

- Tuman hokimining sessiya oralig‘ida qabul qilingan qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Slide 1 of 7