Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tibbiyot muassasasidagi sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati saylovchilari bilan uchrashdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Qonunchilik palatasi deputatlari Qiziltepa tumanida
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida.
янв.21
DEPUTAT AHOLI XONADONLARIDA.
янв.21
Qiziltepa tuman Kengashi deputati M.Muqimova tomonidan 15-umumta'lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
Yo‘l masalasi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat Abdullayeva Barno Sayfutdinovna saylovchilar oldida axborot berdi

Chilonzor tumanidagi 20-Xonto‘pi saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi raisi -deputat Abdullayeva Barno Sayfutdinovna tomonidan 2025 yil 4-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi. Xususan, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, ekologik holatni barqarorlashtirish hamda infratuzilmani rivojlantirish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lgani ta’kidlandi.

️Hisobot davrida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tegishli tashkilotlarga rasmiy xatlar yuborilgani, mas’ul idoralar bilan hamkorlikda bir qator muammolar ijobiy hal etilgani qayd etildi. Shuningdek, joylarda o‘rganish ishlari olib borilib, aholi bilan bevosita muloqot yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

️Yig‘ilish davomida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirdilar. Deputat faoliyatini ochiqlik, shaffoflik va xalq manfaatlariga xizmat qilish tamoyillari asosida davom ettirishini ma’lum qildi.

Tadbir yakunida hududni yanada obod qilish, aholi turmush darajasini oshirish va mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 4