🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universiteti Davolash fakulteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Uchrashuv “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida hamda yoshlar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
💬 Muloqot davomida talaba-yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, ularning kasbiy rivoji, yetuk va raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishi masalalari muhokama qilindi.
📚 Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifati va amaliy ko‘nikmalarni oshirish borasidagi ishlar haqida atroflicha fikr almashildi.
✨ Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
📌 Kelgusida ham yoshlar bilan bunday uchrashuvlarni tizimli ravishda davom ettirish rejalashtirildi.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova