Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya
янв.21
Ayni paytda hokimlik binosida Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda.
янв.21
GIYOHVANDLIKKA QARSHI TARGʻIBOT TADBIRI
янв.21
DEPUTAT AHOLI XONADONLARDA.
янв.21
Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi.
янв.21
NAZORAT TADBIRI O'TKAZILDI.
янв.21
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tegishli mas’ullar bilan birgalikda M-37 xalqaro yo‘li bo‘yidagi 5 gektar maydonda tashkil etilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lishdi.
Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda

Deputatlar aholi murojaatlari asosida muammolarni hal etmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari joylarda aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘lida tizimli ish olib bormoqda. Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish amaliy natijalar bermoqda.

Xususan, Uzun tumanining Qarashiq mahallasida yashovchi aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi ko‘tarilgan edi. Mazkur murojaat asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.

Ayni paytda ushbu hududda ichimlik suvi quvurlari tortish ishlari olib borilmoqda. Bu esa mahalla ahlining ko‘p yillik muammosiga yechim bo‘lib, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Fuqarolar manfaatini ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.