Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan muntazam ravishda o'rganib borilmoqda
Xalq deputatlari Paxtakor tuman kengashi deputati 17-Oqbuloq saylov okrugi deputati Xasamiddinov Muzaffar Tursunovich Oqbuloq mahalla fuqarolari yig'inida joylashgan 13-sonli umumta'lim maktabining qish mavsumida yaratilgan sharoitlar yuzasidan oʻrganish olib bordi.
Shuningdek, isitish tizimi, obodonlashtirish holati hamda ta’lim jarayonining uzluksiz davom etishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ko‘rib chiqildi.
Yakunda aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.