Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AHOLI XONADONLARDA.
янв.21
Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi.
янв.21
NAZORAT TADBIRI O'TKAZILDI.
янв.21
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tegishli mas’ullar bilan birgalikda M-37 xalqaro yo‘li bo‘yidagi 5 gektar maydonda tashkil etilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lishdi.
янв.21
Deputat ijtimoiy obyektlarda bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi B.Bobomurodov hududlarda bo'lib, ijtimoiy obyektlarning isitish tizimi holati, xonalari harorati bilan tanishdi.
янв.21
Yangi O‘zbekiston — taraqqiyot va insonparvarlik yo‘lida!
янв.21
MAQOLA
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Xamrayev, 18-Talliota saylov okrugidan saylangan deputat F.Sidiqov hamda Talliota mahalla yettiligi ishtirokida mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida to‘y va boshqa marosimlarni ixchamlashtirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahallada 102 qisqa raqamiga murojaat qilgan fuqarolar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tushuntirish va suhbatlar olib borildi.

Bundan tashqari, chet davlatlarga ishlash uchun ketgan xotin-qizlarning oilalari bilan ham suhbat o‘tkazilib, ularning ijtimoiy holati o‘rganildi. Chet elda bo‘lib turgan ayollarni vatanga qaytarish, ularni doimiy ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi hamda tegishli takliflar bildirildi.

Mazkur uchrashuv mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, fuqarolar muammolarini joyida o‘rganish va ularni hal etishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

t.me/tuman_Kengashi

Slide 1 of 6