“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish — taraqqiyot garovi
Tumandagi 15-sonli maktabda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning ahamiyati yuzasidan atroflicha muhokama olib borildi.
Yig‘ilishda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Allamuratova Nodira Bozorovna mazkur strategiyaning mamlakatni barqaror rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlardagi o‘rni va ahamiyati haqida axborot berdi.
Shuningdek, strategiyani takomillashtirish jarayonida hududlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha ravishda shaxsiy taklif berish, mahalliy muammolarga yechim topish va aholi bilan muloqotni kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.