Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ijtimoiy obyektlarda bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi B.Bobomurodov hududlarda bo'lib, ijtimoiy obyektlarning isitish tizimi holati, xonalari harorati bilan tanishdi.
янв.21
Yangi O‘zbekiston — taraqqiyot va insonparvarlik yo‘lida!
янв.21
MAQOLA
янв.21
TUMAN HOKIMI HAMDA KENGASH RAISI O'QUV SEMINARIDA QATNASHMOQDA
янв.21
MA’RIFIY TARGʻIBOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
Navoiyda shaxmat bo‘yicha U-20 O‘zbekiston chempionati start oldi!
янв.21
"O'zbekiston - 2030" Strategiyasini takomillashttirishning mazmun_ moxiyati va uning amaliy ahamiyati muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov Obod diyor mahallasiga bordi.
янв.21
TARGʻIBOT UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA
Taraqqiyot mahallasida aholi murojaatlari tinglandi

Zarbdor tumanidagi "Taraqqiyot" mahalla fuqarolar yig'ini binosida fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari T.Qodirov hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari Sh.Roziyev qatnashdi.
Muloqot jarayonida mahalladagi ijtimoiy muhit, yoshlar tarbiyasi, ta’lim tizimida mavjud masalalar, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish hamda muammolarni barvaqt aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, aholi tomonidan infratuzilma, obodonlashtirish ishlari, ta’lim muassasalari faoliyati va bolalar tarbiyasiga oid bildirilgan taklif hamda muammolar muhokama qilindi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul idoralarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Ushbu uchrashuv fuqarolarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mahalladagi barqarorlikni mustahkamlash hamda aholi duch kelayotgan masalalarga amaliy yechimlar ishlab chiqishga xizmat qildi. 

Slide 1 of 3