Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi O‘zbekiston — taraqqiyot va insonparvarlik yo‘lida!
янв.21
MAQOLA
янв.21
TUMAN HOKIMI HAMDA KENGASH RAISI O'QUV SEMINARIDA QATNASHMOQDA
янв.21
MA’RIFIY TARGʻIBOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
Navoiyda shaxmat bo‘yicha U-20 O‘zbekiston chempionati start oldi!
янв.21
"O'zbekiston - 2030" Strategiyasini takomillashttirishning mazmun_ moxiyati va uning amaliy ahamiyati muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov Obod diyor mahallasiga bordi.
янв.21
TARGʻIBOT UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
"O'zbekiston - 2030" Strategiyasini takomillashttirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati muhokama qilindi.
янв.21
"O'zbekiston - 2030" Strategiyasini takomillashttirishning mazmun_moxiyati va uning amaliy ahamiyati muhokama qilindi.
2026-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho'l tumanidagi GAZABETON korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho‘l tumani Mirzadala ShFY hududida joylashgan "GGB GAZOBETON GAGARIN" MCHJ Gazabeton ishlab chiqarishni tashkil etish korxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputat korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati, tayyor mahsulotlarni saqlash va yuklash jarayonlari, shuningdek, ichki va tashqi bozorlar uchun yetkazib berish tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Korxona mutasaddilari tomonidan gazabeton mahsulotlarining qurilish sohasidagi ahamiyati, energiya tejamkorligi, zamonaviy talablar asosida ishlab chiqarilayotgani haqida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilayotgan ish o‘rinlari va hududiy iqtisodiyotga qo‘shilayotgan hissa alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv chog‘ida sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, logistika masalalari hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.

Mazkur tashrif hududda sanoat salohiyatini oshirish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 7