Buloqboshi tumani hokimi F.Bo‘taxonovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi qabulida
24-Toshkechik saylov okrugidan saylangan deputat M.Xuriboyev ham qatnashdi.Ushbu jarayonda fuqarolarning turli sohalar va yo‘nalishlar bo‘yicha muammolarini ijobiy hal etilishiga aholidan ijtimoiy,kommunal xizmatlar, bandlik, tadbirkorlik hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.