Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI QIZILTEPA TUMANI DEPUTATI, TUMAN HOKIM BOLAJONLAR HOLIDAN XABAR OLDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI RAISI RO‘YXATDAN O‘TDI.
янв.21
MEN ROʻYXATDAN OʻTDIM, SIZNI HAM DAʼVAT ETAMAN!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bobomurodov Bekzod Nuriddinovich 5-sonli maktabda bo‘lib, ushbu ob’yektning isitish tizimi, uning holati bilan tanishdi.
янв.21
Deputatlar faolligi - faravonlikka tayanch
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov ushbu mahallada bo‘lib, tegishli mas’ullar bilan birgalikda mahallada amalga oshirilayotgan bir qator ishlar bilan tanishdi.
янв.21
⚡️⚡️⚡️MUNOSABAT Prezidentimiz 2025-yilda Oliy Majlis va xalqimizga yo'llagan murojaatnomasida aholini 2026-yilda belgilab qo'yilgan ustuvor vazifalar bilan tanishtirdi.
янв.21
Har bir fuqaro islohotlar natijasini kundalik hayotida his etishi kerak
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Xalqparvar komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi
MUNOSABAT

Matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Mazkur hujjat mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan mutlaqo yangi va samarali tizimni joriy etishi bilan alohida e’tiborga molikdir.

Ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu qaror mahallalarimizda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, davlat idoralari hamda mahalla instituti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, qaror asosida har bir mahalladagi muammolarni manzilli o‘rganish va ularga aniq yechimlar ishlab chiqish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Qarorda sohaga mas’ul idoralar oldiga aniq vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, mahallalardagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda aholi bilan yaqin va samarali hamkorlikda ishlash muhim vazifa etib belgilangan. Shu bilan birga, har bir mahalla kesimida holatni chuqur tahlil qilish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Mazkur jarayonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining vazifalari ham aniq belgilangan. Xususan, biz — mahalliy Kengash deputatlari, avvalo, ushbu qarorning mazmun-mohiyatini har bir mahalla aholisiga yetkazish va tushuntirishimiz zarur. Shuningdek, mahallalardagi vaziyatni doimiy o‘rganib borish, aholi murojaatlarini eshitish, mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda qaror ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etishimiz lozim.

G‘ozg‘on shahrida ham mazkur qaror ijrosi doirasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholi bilan ochiq muloqot asosida ishlashga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Shahar Kengashi deputati sifatida shuni ishonch bilan ayta olamanki, ushbu qaror mahallalarda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlashga, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek:
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi. Aynan mahalladagi yo‘l, suv, elektr va transport ta’minoti, bog‘cha, maktab va oilaviy poliklinikadagi shart-sharoitlarga qarab odamlar islohotlarimizga baho beradi.”

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati F.Hojiyev